20:00 / 15.07.2017
6150

Uimbldonda Ispaniya vakilasi g‘alaba qozondi

Foto:wimbledon.com

Ispaniyalik tennischi Garbiniya Mugurusa ayollar o‘rtasidagi Uimbldon musobaqasi g‘olibasiga aylandi.

Mugurusa final bellashuvida AQSh vakilasi Vinus Uilyamsni ikki setda 7:5, 6:0 hisobida dog‘da qoldirdi.

Ispaniyalik tennischi o‘z faoliyatida ilk marta Uimbldonda zafar quchdi. Mugurusa 2016 yilda «Rolan Garros»ni ham yutib olgandi.

Mavzuga oid
Top