00:32 / 16.07.2017
7060

"Chelsi" Bakayoko transferini e'lon qildi

"Chelsi" o‘zining rasmiy saytida "Monako" yarim himoyachisi Temua Bakayoko transferini e'lon qildi. 

22 yoshli fransuz "Chelsi" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi va yangi jamoada 14-raqam ostida maydonga tushadi. 

"Bu yerda bo‘lish va ajoyib jamoa o‘yinchiga aylanishdan juda xursandman. Men "Chelsi"ning o‘yinlarida ulg‘ayganman va bu jamoa bilan shartnoma imzolash men uchun oddiy ish bo‘ldi, chunki men bu klubni yaxshi ko‘raman. Fantastik trener va jamoadoshlar bilan birga ishlashni intiqlik bilan kutmoqdaman", – dedi Bakayoko. 

Avvalroq transfer narxi taxminan 40 mln yevro ekani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgan edi. 

Top