17:10 / 16.07.2017
26735

Eron prezidentining ukasi hibsga olindi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ukasi Husayn Faridun hibs qilingan. AFP nashri suddagi manbaga asoslanib xabar berishicha, u moliyaviy jinoyatlarda ayblangan.

Hodisa tafsilotlari aniq keltirilmayapti.

2015 yilda Husayn Faridun Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralarda maxsus elchi bo‘lgandi.

U qamoqqa jo‘natilgani, garov evaziga ozod etilmasligi aytilgan.

© AP Photo, Brendan Smialowski/Pool
Mavzuga oid
Top