09:10 / 16.07.2017
4705

Xitoyda turar joy binosida chiqqan yong‘in tufayli 22 kishi halok bo‘ldi

© AFP 2017 / STR

Xitoy sharqidagi Tszyansu viloyatida ro‘y bergan yong‘in tufayli qurbon bo‘lganlar soni 22 nafarni tashkil qilmoqda, yana 3 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.

«Sinxua» bergan xabarga ko‘ra, Chanshu shahri yaqinidagi Yuyshan aholi punktida joylashgan 2 qavatli uy yonib ketgan.

Ayni vaqtda yong‘in butunlay o‘chirilgan, hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Top