00:58 / 16.07.2017
13672

Urush tufayli ishlamagan Beng‘ozi aeroporti ochildi

Foto: Reuters

Liviyaning Beng‘ozi shahri yaqinidagi "Benina" xalqaro aeroporti 15 iyul kuni tijorat parvozlari uchun ochildi. U 3 yil avval shahardagi qurolli to‘qnashuvlar sababli yopilgan edi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ilk parvoz poytaxt Tripoliga amalga oshirilgan. Bundan tashqari, mamlakat janubi-g‘arbidagi Kufra hamda Iordaniya poytaxti Amma shahriga ham parvozlar yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Tunisga, u orqali Turkiya (Istanbul), Misr (Iskandariya) va Liviya g‘arbidagi Zintan shaharlariga ham havo qatnovlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. 

Havo qatnovlarini ikkita davlat kompaniyasi — Libyan Airlines va Afriqiyah Airways aviakompaniyalari amalga oshirmoqda. "Benina" aeroporti yopilganidan so‘ng, yo‘lovchilar Beng‘ozidan 4 soat uzoqlikda bo‘lgan "Al-Abrak" aeroportiga borishlariga to‘g‘ri kelayotgan edi. 

Mavzuga oid
Top