14:37 / 17.07.2017
7352

Yashnobodda uyida nasha ekib, yetishtirayotgan shaxs ushlandi

2017 yilning 13 iyul kuni taxminan soat 17:30larda ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida Yashnobod tumani hududida Vyacheslav Derbenov uyida qonunga xilof ravishda 2 tup "nasha" giyohvandlik vositasini ekib, yetishtirayotganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (ta'qiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va yetishtirish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Mavzuga oid
Top