22:42 / 17.07.2017
24672

Buxoroda tovuqlarning boshini uzib, o‘g‘irlab ketayotgan yigit qo‘lga tushdi

Buxoro viloyat IIB PPX va JTSBga bo‘ysunuvchi PPX bataloni xodimlari Buxoro shahar A.G‘ijduvoniy ko‘chasida joylashgan “Avtoshoh bekat”da shubha uyg‘otganlik uchun Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani, Guliston qishlog‘ida yashovchi, millati o‘zbek, ma'lumoti oliy, oilasiz, vaqtincha ishsiz, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro Sheroz Sa'dullayevich Jo‘rayev to‘xtatib tekshirilganda, uning qo‘lidagi qora rangli sport sumkasida 10 dona boshi uzilgan tovuqlar va sariq rangli qopda tovuqlar uchun mo‘ljallangan ozuqa-yemlari borligi aniqlangan. 

Surishtiruv davomida fuqaro Sh.S.Jo‘rayev ushbu 10 dona boshi uzilgan tovuqlar va sariq rangli qopda tovuqlar uchun mo‘ljallangan ozuqa-yemlarni Buxoro shahar, Sanoatchilar ko‘chasida joylashgan “Xodiyeva-Mubina” dala fermer xo‘jaligidan sherigi Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani, Yangi hayot qishlog‘ida yashovchi, millati tojik, ma'lumoti o‘rta, oilali, 2 nafar farzandi bor, 1963 yilda tug‘ilgan Toji Mahmadaliyevich Shoyraimov bilan birgalikda ferma hududidan o‘g‘irlab, uyiga olib borayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan xolislar ishtirokida 10 dona boshi uzilgan tovuqlar va sariq rangli qopda tovuqlar uchun mo‘ljallangan ozuqa-yemlari bayonnoma tuzilib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy hal qilishlik uchun Buxoro shahar IIBga yuborildi.

Mavzuga oid
Top