19:54 / 17.07.2017
56800

Emirates styuardessaning harakati sabab o‘z nomiga dog‘ tushirib qo‘ydi

Internetda styuardessaning samolyot biznes-klassida oxirigacha ichilmagan shampanni shisha butilkaga qayta quygani tasvirlangan video ommalashdi. Emirates aviakompaniyasi esa bu holatni tekshiruvdan o‘tkazishni boshladi, deb xabar bermoqda Arabian Business.

Rolik muallifining so‘zlariga ko‘ra, hodisa Dubaydan Barselonaga bo‘lgan reysda aprel oyida yuz bergan.

"Emirates har doim servisning yuqori darajasini ta'minlashga harakat qiladi. Videodagi holat esa bizning sifat standartlarimizga mos emas", - deyiladi aviakompaniya bayonotida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi ba'zi foydalanuvchilarning fikricha, ekipaj a'zosi ichilmagan ichimlikni butilkaga, undan keyinchalik foydalanish maqsadida qayta quygan bo‘lishi mumkin.

Top