09:27 / 17.07.2017
6837

Seul Pxenyan bilan keng qamrovli muzokaralar uchun shartini ilgari surdi

Foto: Yonxapnews.co.kr

Janubiy Koreyaning KXDR bilan keng qamrovli muloqot o‘tkazishi Pxenyanning yarim orolni yadrosizlantirish bo‘yicha pozitsiyasiga bog‘liq. Janubiy Koreya milliy birlashish ishlari bo‘yicha Cho Myon Gyun 17 iyulda shunday bayonot berdi. 

"Biz Janub va Shimol o‘rtasidagi muloqot yaxshilanishini ko‘rib chiqamiz. Bunda Shimolning yadrosizlantirish bo‘yicha pozitsiyasini kuzatamiz", — deya vazir so‘zlarini keltiradi Yonxap agentligi.

Bundan birmuncha vaqt avvalroq, shu kuni Janubiy Koreya KXDRga ikki Koreya davlati o‘rtasidagi keskinlikni pasaytirish bo‘yicha harbiy vakillarning muzokaralarini o‘tkazish va mamlakatning parchalanishi oqibatida ajralib ketgan oilalarning Qizil Xoch liniyasi bo‘yicha aloqalarini tiklashni taklif etdi.

Aytish mumkinki, rasmiy Seul Pxenyanga muloqotni taklif qilar ekan, doimiy ravishda KXDR yadro quroli haqida doimiy ravishda to‘xtalishga majbur bo‘lmoqda. Gap shundaki, Janubiy Koreya ittifoqchilari AQSh va Yaponiya fikricha, KXDR raketa va yadro dasturlariga barham berishga doir xalqaro hamjamiyat bosim o‘tkazayotgan bir vaqtda muzokaralar o‘tkazish maqsadga muvofiq emas. 

Top