21:20 / 17.07.2017
14356

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha bitim kuchga kirdi

17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston o‘rtasidagi 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirdi. Ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga davlat tashrifi chog‘ida 2017 yil 6 martda Ashxobod shahrida imzolangan.

Shartnoma qoidalariga ko‘ra, tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishadi. Bunga jumladan savdo aylanmasini oshirish hamda mahsulotlarni (xizmatlarni) o‘zaro yetkazib berishning hajm va navlarini ko‘paytirish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek ikki davlat biznes-strukturalari vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish yo‘li orqali erishish mo‘ljallangan.

Shartnoma iqtisodiy hamkorlikning turli sohalarida 35ta tadbirni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi Dasturni ham tasdiqlaydi.

Top