14:55 / 18.07.2017
5419

Afg‘onistonda 6 oy ichida 1600dan ortiq kishi halok bo‘lgan

Afg‘onistonda 2017 yilning birinchi yarmida tinch aholi vakillaridan 1662 nafari o‘ldirildi, 3581 inson jarohatlandi, deyiladi BMTning Afg‘onistonga ko‘mak bo‘yicha Missiyasi hisobotida. 2016 yilning shu davri bilan taqqoslaganda, tinch aholi o‘rtasida qurbonlar soni 2 foizga o‘sdi.

Halok bo‘lganlarning 67 foizi hukumatga qarshi guruhlarning hujumi oqibatida qurbon bo‘lgan bo‘lsa, 43 foizi – «Tolibon» harakati jangarilarining harakatlari tufayli olamdan ko‘z yumdi.

Ko‘rsatilgan davrda teraktlar natijasida 596 kishi halok bo‘ldi.

Zo‘ravonlik holatlarida qurbon bo‘lganlarning 19 foizi Kobul shahri hissasiga to‘g‘ri keladi, keyin Nangarhor hamda Hilmond viloyatlari keladi.

Kobulda Ramazon oyi boshida terakt natijasida 150 kishi halok bo‘ldi. BMT bu teraktni so‘nggi 15 yil ichidagi eng qonlisi, deb atadi.

Top