19:01 / 18.07.2017
10266

«Borussiya» yangilangan «Milan»ni osonlik bilan mag‘lub etdi

Foto: Reuters

«Borussiya» yangilangan «Milan»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Dortmundning «Borussiya» klubi International Champions Cup musobaqasi doirasida «Milan»ga qarshi o‘yin o‘tkazdi.

Uchrashuv nemis klubining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘oliblar safida kelgusida «Milan» safiga o‘tishi mumkin bo‘lgan Per-Emerik Obameyang ikki gol urdi, yana bir gol Shahin hisobiga yozilgan.

Yozgi transferlar vaqtida tarkibi deyarli yangilangan «Milan»ning yagona goliga Karlos Bakka muallif bo‘ldi.

International Champions Cup
18 iyul, Guanchjou, Xitoy

«Milan»– «Borussiya» D – 1:3 (1:2)
Gollar: 0:1 – Shahin (17), 0:2 – Obameyang (20, penalti), 1:2 – Bakka (24), 1:3 – Obameyang (62).
«Milan»: Storari, Rodriges (Antonelli, 63), Paletta (Musakko, 46), Sapata, Abate (Gomes, 66), Bonaventura (Sosa, 66), Mauri (Dzanellato, 91), Kessiye (Gabbiya, 91), Borini (Krochata, 91), Bakka (Kutrone, 66), Nyang (Chalxono‘g‘li, 46).
«Borussiya»: Vaydenfeller (Raynmann, 46), Zagadu (Durm, 63), Bartra (Subotich, 73), Sokratis, Pishchek (Passlak, 46), Shahin, Kastro, Rode (Gettse, 63), Obameyang (Shyurrle, 73), Dembele (Mor, 63), Pulishich (Isak, 74).

 

Top