11:39 / 18.07.2017
9483

Eron prezidentining hibsga olingan ukasi ozod etildi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ukasi Hussayn Fariydun mablag‘ evaziga ozodlikka chiqarildi. U 16 iyul, yakshanba kuni hibsga olingandi.

«Sud Hussayn Fariydunni hukumatga moliyaviy kafolatlar taqdim etilgach, ozodlikka chiqardi», - deya xabar bermoqda The Baghdad Post nashri.

Ta'kidlanishicha, u sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli shifoxonaga olib ketilgan.

Avvalroq Eron prezidentining ukasi moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, hibs qilingani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top