17:48 / 18.07.2017
6330

Falastin bosh vaziri: Isroil Al-Aqsaning maqomini o‘zgartirish harakatida

Falastin bosh vaziri Rami al-Hamdalloh Al-Qudsda keskinlikning oshishida Isroilni aybladi, deb xabar bermoqda «Anadolu».

«Isroil – istilochi kuch. Isroilning obro‘si musulmonlar va xristianlarning Al-Qudsdagi muqaddas joylariga o‘z ta'sirini o‘tkaza olmaydi. Isroilning Al-Qudsdagi harakatlarini qabul qilib bo‘lmaydi», - deya aytib o‘tdi Falastin hukumati rahbari Ramallohda Vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan avval.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning Al-Qudsdagi harakatlari Al-Quds va Al-Aqsaning tarixiy maqomini o‘zgartirish, shuningdek, bu muqaddas joylarga zarar yetkazishga mo‘ljallangandir.

Al-Hamdallohning eslatishicha, Al-Aqsaning hozirgi maqomi Usmoniylar davlati vaqtida belgilab qo‘yilgan va Britaniya mandati davriga qadar saqlanib turgan. Bundan tashqari, Al-Aqsa Isroilning 1967 yildagi istilosidan so‘ng Iordaniya boshqaruvi ostida qolgan.

Isroil hukumati Aq-Aqsa maqomini 2003 yildan beri o‘zgartirishga harakat qilmoqda, ya'ni, masjidni tashrif buyuruvchilar uchun yopish hamda kiraverishda metall buyumlarni qidirish qurilmalarining o‘rnatilishi.

Al-Hamdallohning qayd etishicha, Falastin hukumati va xalqi Isroilning xavfli qadamlariga qarshi chiqmoqda. Sababi bu falastinliklarni masjidga borish huquqidan mahrum qilib, ularga ommaviy jazolarni qo‘llaydi.

Mavzuga oid
Top