14:20 / 18.07.2017
11107

Ispan futbolida katta mojaro: Futbol federatsiyasi prezidenti hibsga olindi

Ispaniya fuqarolik gvardiyasi Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) prezidenti Anxel Mariya Vilyarni korrupsiyaga aloqadorlikda gumon qilib qo‘lga oldi. Bu haqda El Pais xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, 18 iyul tongida RFEF ofisida rahbariyat tomonidan tashkilotga moliyaviy zarar yetkazilgani haqidagi ma'lumotlarni aniqlash uchun tintuv o‘tkazilgan, bu ishga Vilyar aralashgani gumon qilinmoqda.

Tintuv vaqtida hujjatlar olib ketilgan, o‘nlab kishilar, jumladan, Vilyar hamda uning o‘g‘li qo‘lga olingan.

Top