15:56 / 18.07.2017
21792

Qirg‘izistonda Akayevning sobiq kuyovi 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Asqar Akayevning sobiq kuyovi Odil Toyg‘onbayev mol-mulki musodara etilgan holda sirtdan 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Qirg‘iziston Oliy sudi rasmiy saytida xabar berildi.

Odil Toyg‘onboyev firibgarlik, monopolistik harakatlar va raqobatni cheklash, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash bo‘yicha jinoyatlarni amalga oshirishda aybdor, deb topildi. 

Shuningdek, sud ayblanuvchidan “Manas” Xalqaro aeroporti” OAJ foydasiga taxminan 10 million dollar undirib olish haqida ham qaror chiqardi.

Bermet Akayevaning sobiq turmush o‘rtog‘i Odil Toyg‘onboyev Qirg‘iziston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan 2005 yildan beri qidiruvda hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top