15:40 / 18.07.2017
5095

Tramp AQSh elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirish niyatida ekani tasdiqlandi

Foto: Reuters

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens mamlakat prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarning Isroildagi elchixonasini Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirish niyatida ekanini tasdiqladi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

«Sizga va'da beramanki, prezident Donald Tramp Amerika elchixonasini Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chiradigan kun albatta keladi. Masala faqat vaqtga bog‘liq», - deya ma'lum qildi Pens Christians United for Israel sammitida chiqish qilib.

Shuningdek, Pensning ta'kidlashicha, AQSh «Isroilni har doim qo‘llab-quvvatlaydi».

Top