21:20 / 18.07.2017
5898

«Vest Hem» Jo Hartni o‘z safiga qo‘shib oldi

«Manchester Siti» darvozaboni Jo Hart Londonning «Vest Hem» klubi futbolchisiga aylandi.

London klubi rasmiy sayti Angliya terma jamoasi darvozabonini ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olgani haqida rasmiy bayonot bilan chiqdi. Hart bir mavsum davomida «Vest Hem» sharafini himoya qiladi.

Xabarlarga ko‘ra, «Siti» uning oylik maoshining ma'lum qismini to‘lab beradi. Shuningdek, «Vest Hem»da futbolchining transfer huquqini to‘liq sotib olish huquqi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Hart o‘tgan mavsumni «Torino» safida ijara asosida o‘tkazgandi.

Top