17:49 / 19.07.2017
5211

Bekobodda tanishining bir necha million so‘m pulini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Foto: "Kun"

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi, uy bekasi, 1987 yilda tug‘ilgan M.X Bekobod shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, tanishi, ishlamaydigan, 1994 yilda tug‘ilgan Z.J uning qo‘lidan ichida 3.200.000 so‘m puli bo‘lgan tselofan paketini tortib olib ketganligini ma'lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ichki ishlar organlari tezkor xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida Z.J ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.

Top