18:35 / 19.07.2017
4700

IIV hafta mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlar to‘g‘risida ma'lumot berdi

O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB matbuot xizmati hafta mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi fuqaro A.Fayziyevning hovlisida ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, 20 kv. metr maydonda g‘amlab qo‘yilgan o‘tini yonib zararlangan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasining turmush o‘rtog‘i kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga joylashtirilgan.

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yashovchi fuqaro S.Shoislomovaning uyida paxta yog‘ini qozonda dog‘lash uchun gaz plitasiga qo‘yib, nazoratsiz qoldirishi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘indan uyning 110 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi fuqaro T.Jo‘rayevning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 100 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaro F.Alimovning uyidagi hammomidagi isitish vositasining dudburoni qizib ketishi natijasida yong‘in kelib chiqib, uyning 90 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari hamda yong‘in qo‘shnisining uyiga o‘tishidan 30 kv.metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi «Yangi qo‘rg‘on» nomli mahalla idorasi hududida joylashgan choyxona va kutubxonada elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, binolarning 100 kv. metr maydonda tomi va shift qismi hamda yong‘in 2 ta qo‘shni uylarga o‘tishidan 40 kv.metr maydonda tom qismlari yonib zararlangan.

Xorazm viloyati Shovot tumanida joylashgan «Abdullayev Axmatjon» fermer xo‘jaligida ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, fermaning 200 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Top