Qozog‘iston janubi-sharqida 4 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Qozog‘iston Ta'lim vazirligining ilm-fan bo‘yicha qo‘mitasi seysmologiya tajriba-uslubiy ekspeditsiyasi xabar qilmoqda.
«Yer silkinishi markazi Qozog‘iston hududidagi Olmaota shahridan 267 kilometr shimoli-sharqda joylashgan», - deya ma'lum qilishdi mutaxassislar.
Avvalroq Kamchatkada kuchli zilzila yuz bergani xabar qilingandi.