20:12 / 19.07.2017
6276

OAV: Mo‘suldagi harbiy harakatlar davomida tinch aholi vakillaridan 40 mingga yaqini halok bo‘lgan

Iroqning Mo‘sul shahrini IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha amaliyotlar davomida tinch aholi vakillaridan 40 mingga yaqin kishi o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Independent kurd razvedka xizmatlari ma'lumotiga asosan xabar qilgan.

Ta'kidlanishicha, bu raqamlar avvalgi taxminlardan biroz yuqori.

Iroqlik sobiq yuqori mansabli vazir Hoshiyor Zeboriyning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab qurbonlar «hamon vayronalar tagida qolmoqda».

Avvalroq Iroq bosh vaziri Mo‘sulni ozod qilishda inson huquqlarining buzilish holatlari ro‘y berganini tan olgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top