08:56 / 19.07.2017
8139

Oq uy: Putin va Trampning G20’dagi ikkinchi uchrashuvi qisqa suhbatdan iborat bo‘lgan

Foto: life.ru

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin Hamburgdagi G20 sammitida “ikkinchi uchrashuv”ni emas, balki “qisqa suhbat”ni o‘tkazishgan. Bu haqda Reuters Oq uy vakiliga asosan xabar berdi.

Avvalroq OAV Putin va Tramp G20’dagi rasmiy muzokaralardan so‘ng, kechki ovqat ustida yana bir bor uchrashishgani haqida yozdi. Shu bilan birga, uchrashuvda faqatgina Putinning tarjimoni bo‘lgan.

Oq uydan tushuntirishlaricha, Trampning tarjimoni rus tilini bilmasligi shunday vaziyatga sabab bo‘lgan ekan.

Top