21:15 / 19.07.2017
16520

Viktor Mahmudov Belarus Xavfsizlik kengashi davlat kotibi bilan uchrashdi

Belarus va O‘zbekiston xavfsizlik kengashlari apparatlari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Bu haqda Belarus OAV xabar berdi. 

Hujjat O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudovning Belarusga amaliy tashrifi davomida imzolandi. Mahmudov Belarus Xavfsizlik kengashi davlat kotibi Stanislav Zas bilan uchrashgan.

Qator kuch mahkamalari rahbariyati ishtirokida xavfsizlik kengashlari apparatlari vakillarining ikki tomonlama maslahatlashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. 

Tomonlar harbiy, harbiy-texnik va huquqni muhofaza qilish sohalari, favqulodda vaziyatlar haqida ogohlantirish va ularni bartaraf etish, bojxona idoralari o‘rtasida o‘zaro aloqalar masalalaridagi hamkorlikni muhokama qilishdi.

Viktor Mahmudov va Stanislav Zas ikki davlat xavfsizlik kengashlari apparatlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolashdi. 

Top