18:31 / 19.07.2017
11688

Toshkentda 13 mln so‘mlik mol-mulkni o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yilning 14 iyul kuni taxminan soat 12:30larda Mahfuza Abdullayeva Olmazor tumani hududida fuqaro Ma'murjon Qurbonovning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) xonadonida bo‘la turib, unga tegishli bo‘lgan jami 13.295.000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

Top