20:58 / 19.07.2017
11367

O‘zLiDeP deputati mahalliy hokimiyatlarga bosim o‘tkazish imkoniyati yo‘qligidan shikoyat qildi

19 iyulda Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasi parlament deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida tashkil etildi. Unda O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarni faoliyatini kuchaytirish, ularning safini kengaytirish va ijtimoiy hayotdagi o‘rnini oshirish kabi masalalar muhokama qildi. Xususan, unda ishtirok etgan O‘zLiDeP deputati Rasul Kusherbayev bugungi kunda partiya safini kengaytirishda an'anaviy usullardan voz kechilgani haqida gapirar ekan, partiyani qiynayotgan ayrim masalalarga ham to‘xtaldi.

Foto: Halqaro pres klub

“Biz tadbirkorning oldimizga ko‘ndalang qo‘yayotgan muammosini hal qilib berish maqsadida ishlayapmiz. Biz bugun tadbirkorni ko‘proq ishontirishimiz kerak, Chunki, xohlaymizmi-yo‘qmi, joylarda chiroyli tadbirlarni o‘tkazganimiz bilan ishbilarmonlarning muammolari hal bo‘lib qolayotgani yo‘q. Ayrimlari bizlardan xafa bo‘lishadi, shu masalam nega hal bo‘lmadi deb? 

Foto: Halqaro pres klub 

Ba'zi muammolar tizimli muammolardir. Buni qonunchilikka o‘zgartish kiritish orqali hal qilish mumkin, xolos. Partiyamizni qiynaydigan masala shundaki, hozirgacha joylarda ko‘p masalalar mahalliy davlat hokimiyati vakolatidagi, o‘shalarning doirasida hal qilinadigan ishlardir. Biz ming bor tushuntirib, harakat qilmaylik, partiyaning bosim o‘tkazish imkoniyatlari cheklangan”, - deya kuyunchaklik fikr bildirdi Kusherbayev. 

Top