16:55 / 19.07.2017
13647

Video: Xitoylik sprinter qiruvchi samolyot bilan poygalashdi

Xitoylik yengil atletikachi Chjan Peymen marraga Chendu J-10 rusumli qiruvchi samolyotdan oldin yetib keldi. RT tarqatgan xabarga ko‘ra, sprinter samolyotni 100 metr masofada ortda qoldirgan.

Masofaning katta qismida Peymen va J-10 deyarli bir xil tezlikda harakatlangan. Ammo marra arafasida sportchi tezlikni oshirgan va chiziqni birinchi bo‘lib kesib o‘tgan.

Qayd etish kerakki, ushbu sportchining 100 m masofadagi shaxsiy rekordi 10 soniya hisoblanadi.

Top