18:50 / 20.07.2017
3504

AQSh 2018 yilda xalqaro loyihalarga 5,4 mlrd dollar ajratmoqchi

AQSh 2018 yilda xalqaro loyihalarni amalga oshirish uchun 5,4 mlrd dollar ajratishni rejalashtirmoqda.

AQSh vakillar palatasining Respublika partiyasidan a'zosi Xal Rojyers tomonidan turli davlatlardagi ishlarga mablag‘ ajratish nazarda tutilgan qonun loyihasi kongressga kiritildi.

«Ushbu qonun bilan ajratiluvchi mablag‘lar, Rossiyada demokratiyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish, internetdagi erkinlikni himoya qilish, shuningdek, demokratiya va qonuniylikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha strategiyani amalga oshirishga yo‘naltiriladi», - deyiladi loyihada.

Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, ajratilgan mablag‘lardan 50,5 mln dollari Rossiyadagi «Internet tarmog‘idagi erkinlik» loyihasiga ajratiladi.

Top