20:02 / 20.07.2017
13129

Chirchiqda foto va videokuzatuv moslamalari ishga tushdi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida harakat xavfsizligini ta'minlash, yo‘l transport hodisalarining oldini olish, qoidabuzarliklarni aniqlash va turli jinoyatlarni fosh etish maqsadida, Chirchiq shahar markaziy dehqon bozori hududida hamda A.Navoiy ko‘chasida foto va video kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar bergan.

Ushbu videokuzatuv moslamalarining o‘rnatilishi natijasida avtoulovni belgilangan tezlikdan oshirish, svetoforning qizil chirog‘idan o‘tish, taqiqlovchi yo‘l chiziqlarini bosib o‘tish kabi qoidabuzarliklarning oldi olinadi. 

Shuningdek, bu moslamalar shubhali shaxslarni aniqlash va avtoulov olib qochish jinoyatlarini fosh etishda ko‘mak beradi.

Mavzuga oid
Top