08:41 / 20.07.2017
9387

Oq uy: Putin va Trampning “maxfiy” uchrashuvi haqidagi xabarlar Rossiyaga qarshi jazavaning davom etishi

Foto: AP

Oq uy rasmiy vakili Sara Sanders AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning G20 sammitidagi “maxfiy” uchrashuvi haqidagi xabarlarni “Rossiyaga qarshi jazavaning davom etishi” deya baholadi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Bu rasmiy kechki ovqat edi, u GFR kansleri tomonidan tashkil etildi. U yerda 40 kishi bor edi. Ular kechki ovqat davomida qisqa muloqotda bo‘lishdi”, - deya ma'lum qildi Oq uy rasmiy vakili.

Shu bilan birga, Sandersning ta'kidlashicha, siyosatchilarning ushbu suhbatini uchrashuv, deb atash “ahmoqlikdir”.

Avvalroq ba'zi OAV Putin va Tramp G20’da “maxfiy” uchrashuv o‘tkazishganini xabar qildi. Keyinchalik Tramp bu “maxfiy” uchrashuvga oydinlik kiritdi.

Top