17:35 / 20.07.2017
4438

Rasman: «Milan» Bonuchchi bilan 5 yillik shartnoma tuzdi 

«Milan» Leonardo Bonuchchi transferi haqida rasman e'lon qildi. 30 yoshli futbolchi bilan 2022 yilgacha amal qiluvchi shartnoma imzolangan.

«Bonuchchi – xalqaro tajribaga ega, yuqori toifadagi futbolchi. U Serxio Ramos bilan bir qatorda dunyoning eng kuchli markaziy himoyachisi hisoblanadi. Murabbiy uchun bu – orzularning amalga oshishi», — degan «Milan» bosh murabbiyi Vinchentso Montella.

Leonardo Bonuchchi 7 yillik faoliyatdan keyin «Yuventus»dan «Milan»ga keldi. Milanliklar uning transferi uchun 40 million yevro to‘ladi. Futbolchining yillik maoshi miqdori 7 million yevro atrofida bo‘ladi.

Bonuchchi «Milan»da? Yevropadagi yana bir transfer ertagi tafsilotlari

Top