09:42 / 20.07.2017
5048

«Roma» penaltilar seriyasida «PSJ»ga yutqazib qo‘ydi

International champions cup xalqaro o‘rtoqlik turnirining AQShdagi bahslari davom etmoqda.

Bu safar Rimning «Roma» jamoasi Fransiyaning «PSJ» klubiga qarshi maydonga tushib, asosiy vaqtda durang natija qayd etdi.

Natijada hakam o‘yindan keyingi penaltilar seriyasiga jamoalarni taklif qildi. Rimliklar tarkibida Jyersonning xatosi qimmatga tushdi va natijada parijliklar 5:3 hisobida g‘alaba qozondi.

International champions cup
AQSh

«Roma» – «PSJ» – 1:1 (0:1), pen bo‘yicha 3:5
Gollar: Umar (60) – Markinos (36).
Penaltilar seriyasi: 0:1 – Lukas Moura, 1:1 – Bruno Peres, 1:2 – Nkunku, 2:2 – Nainggolan, 2:3 – Kallegari, 2:3 – Jyerson (xato), 2:4 – Eduar, 3:4 – de Rossi, 3:5 – Markinos.
«Roma»: Alisson, Bruno Peres, Moreno (Kastan, 46), Manolas (Fasio, 46), Jyezus (Sek, 84), Gonalon (de Rossi, 61), Iturbe (Jyerson, 46), Strotman (Nainggolan, 46), Lorentso Pellegrini (Tumminello, 46), Perotti (Antonuchchi, 61), Djyeko (Umar, 46).
«PSJ»: Areolya, Dani Alves (Nkunku, 69), Kurzava (Yuri, 72), Markinos, Tiago Silva (Kimpembe, 46), Rabo (Matyuidi, 46), Lukas Moura, Tiago Motta (Kallegari, 69), Lo Chelso (Bernede, 82), Pastore (Gedesh, 69), Xese (Eduar, 82).

Top