13:45 / 20.07.2017
8929

Sirdaryoda odam savdosi bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi

Sirdaryo viloyati IIBga ariza bilan Elbek Qosimov (jabrlanuvchilarning ism-familiyalari o‘zgartirilgan) va Sherzod Aliyev murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga Sirdaryo viloyati IIB.

Ular o‘z arizalarida 2016 yil 2 iyul kuni Nuriddin Ismoilov ularga Qozog‘iston Respublikasida qurilish ishlari borligini aytib, ularni aldab Qozog‘iston Respublikasi, Chimkent viloyati, Shayan shahriga olib borib, u yerda “Erdo‘st” ismli noma'lum shaxsga sotib yuborganligini ma'lum qilishgan. 

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasiga ko‘ra, to‘plangan hujjatlarga asosan, 18 iyul kuni Sirdaryo tumani IIB TB tomonidan N.Ismoilovga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Mavzuga oid
Top