18:45 / 20.07.2017
5525

Turkiya Germaniyani ayblab chiqdi

Turkiya Germaniyani “katta siyosiy mas'uliyatsizlik”da aybladi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi mojaroni keskinlashtirish tufayli yuz bergan. Bu haqda AFP xabar qilmoqda.

“Turkiya Germaniyani mojaro keskinlashtirilayotgani tufayli “katta siyosiy mas'uliyatsizlikda” ayblamoqda”, - deya yozgan agentlik.

Bundan avval Turkiya tashqi ishlar vazirligi maxsus bayonot bilan chiqdi, unda GFR rasmiy shaxslarining Turkiyada germaniyalik huquq himoyachisi Peter Shtoydtner hibsga olingani tufayli bergan izohlari tanqid ostiga olindi. O‘z navbatida, Germaniya o‘z fuqarolarini Turkiyaga tashrif buyurmaslikka chaqirdi.

 

Mavzuga oid
Top