22:58 / 20.07.2017
28922

Jizzaxda Sayyora Rashidova otasining byustini ochib berdi

Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida davlat va jamoat arbobi, yozuvchi, adib Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan «Xalqimizning otash qalb farzandi» mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirga viloyat hokimi Ulug‘bek Uzoqov hamda Sharof Rashidovning katta farzandi, kimyogar olima, O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Sayyora Rashidova hamda uning yaqin qarindoshlari, viloyat va tuman jamoatchiligi vakillari taklif etildi.

Tadbir avvalida Sharof Rashidov tumani hokimligi binosi oldida tantanali ravishda Sharof Rashidov byustining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir qatnashchilari buyuk adib yodgorligiga o‘zlarining cheksiz hurmatlarini namoyish etishdi va byust poyiga gullar qo‘yishdi.

Shundan so‘ng tuman hokimligi katta majlislar zalida Ma'naviyat targ‘ibot markazi tashabbusi bilan qator taniqli yozuvchi ijodkorlar ishtirokida ilmiy amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga oid
Top