09:31 / 21.07.2017
10456

AQShda talonchilik uchun qamalgan sobiq mashhur sportchi afv etildi

Foto: Reuters

Amerika futbolining sobiq yulduzi O. Jyey Simpson avf etildi, deb xabar bermoqda Fox News telekanali sud majlisiga asosan. Sportchi qurollangan holda talonchilik qilgani uchun qamalgandi.

2007 yilda sobiq sportchi Las-Vegasdagi mehmonxonalardan birining xonasiga bostirib kirib, sport sovrinlari kolleksioneridan o‘ziga tegishli bo‘lgan kuboklarni tortib olgan. Shu bilan birga, u to‘pponcha bilan tahdid qilgan. Simpson 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Orentel Jyeyms Simpson – amerika futboli tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri bo‘lgan. 1994 yilda esa Simpson o‘z rafiqasi Nikol Braun va uning do‘sti Ronald Goldmanning o‘ldirilishida ayblangandi. O‘shanda bu ish butun Amerikaning e'tiborini o‘ziga tortdi va o‘n yillikdagi eng mojaroli jarayonga aylandi. Jinoiy sud Simsponni oqlaganiga qaramay, u Braun va Goldmanning qarindoshlariga tovon puli to‘lash bo‘yicha jarayonni yutqazib, bankrot bo‘lgandi.

Top