00:13 / 21.07.2017
12124

Chicharito Angliyaga qaytdi

«Bayyer» hujumchisi Haver Ernandes «Vest Hem» a'zosiga aylanadi.

London klubi ushbu meksikalik futbolchi transferi bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida rasman ma'lum qildi. Yaqin vaqt ichida Chicharito tibbiy ko‘rikdan o‘tib, «Vest Hem» bilan shartnoma imzolaydi.

Xabar qilinishicha, uning transferidan «Bayyer» 13 million funt ishlab oladi.

Yakunlangan mavsumda 29 yoshli futbolchi Germaniya chempionatida 37 uchrashuvda maydonga tushgan va 13 gol urgan.

Top