11:47 / 21.07.2017
8442

Ko‘p qavatli uylarning yo‘lagida talonchilik qiluvchi shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

2017 yil 10 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida noma'lum shaxs ko‘p qavatli uy yo‘lagida fuqaro N.ning bo‘ynida bo‘lgan bahosi 3 mln 200 ming so‘mlik tilla zanjirini talonchilik yo‘li bilan egallagan. Jabrlanuvchining murojaatidan so‘ng, ushbu holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB Tergov bo‘limi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik, ya'ni o‘zganing mulkini sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Shahar IIBB tomonidan olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida mazkur jinoyatni muqaddam talonchilik jinoyatlari sodir qilganligi uchun bir necha marotaba sudlangan Adilov Hikmatulla Hamidullayevich sodir qilganligi aniqlanib, qo‘lga olindi. 

Hozirda Adilovga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar IIBB fuqarolarga murojaat qilib, kimda-kim mazkur shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsa, 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki yaqin oradagi ichki ishlar idoralariga murojaat qilishni so‘raydi. 

Top