Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ta'tilga chiqdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
«Davlat rahbari qisqa muddatli ta'tilga chiqdi», - deyiladi xabarda.
RIA Novosti’ning xabar berishicha, Nazarboyev yanvar oyi boshlarida ham qisqa muddatli ta'tilga chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, 6 iyul kuni Qozog‘iston prezidenti 77 yoshga to‘ldi.