22:31 / 22.07.2017
11357

AQShda yangi aviatashuvchini tantanali qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi

foto: © Mass Communication Specialist 2nd Class Ridge Leoni/U.S. Navy via A

Amerika prezidenti Donald Tramp eng yangi Gerald Ford aviatashuvchisini AQSh HDK safiga qabul qilish marosimida qatnashdi. U ayni kemaning elektromagnit katapultasini tanqid qilib, uni avvalgi bug‘li katapultaga almashtirishni talab qilgan edi. Tramp may oyida Time jurnaliga bergan intervyusida kema katapultasini tanqid qilib, bug‘lisidan "bir necha yuz million dollarga qimmat matoh" "hech narsaga arzimaydi", degan fikrni bildirgan edi.

Amerika yetakchisining Norfolk (Virjiniya shtati) shahridagi harbiy dengizchilar oldidagi chiqishini Oq uy jonli ravishda namoyish qildi.

"Men Gerald Ford kemasini HDK jangovar safiga qabul qilaman", - degan prezident.

Aviatashuvchini ishlab chiqargan Huntington Ingalls Industries kompaniyasi tomonidan buyurtmachiga topshirish marosimi iyun oyi boshida Virjiniyadagi Nyuport-Nyus portida bo‘lib o‘tgan edi. 

Kema qurilishi 2008 yilda boshlandi. Tez orada kemaga ekipaj a'zolari to‘liq joylashadi. U 2020 yilda to‘liq jangovar shay holatga keladi. Uning qurilishi Amerika soliq to‘lovchilariga 13 mlrd dollarga tushgan.
 
Yangi avlod aviatashuvchi kemalari Nimitz toifasidagi kemalarni almashtiradi. 

Mavzuga oid
Top