11:01 / 22.07.2017
4238

Britaniya Oliy sudi raisi lavozimini ilk bor ayol kishi egallaydi

Buyuk Britaniya Oliy sudi raisi lavozimini ilk bora ayol kishi – Richmond baronessasi Brenda Xeyl egallaydi. Uning bu lavozimga tayinlanishi haqida mamlakat bosh vaziri kantselyariyasi juma kuni e'lon qildi.

"Bu men uchun katta sharaf va jiddiy chaqiriq – bu lavozimda lord Noybergerni almashtirish. Uning muvaffaqiyatli ishlarini davom ettirib, yanada ko‘paytirishga harakat qilaman, jumladan, Birlashgan Qirollikning har bir qismi bilan yanada qalin aloqalarni yo‘lga qo‘yish niyatidaman. Buni o‘sha hududlardagi yig‘ilishlar va jamoatchilik bilan aloqalar usullarini yaxshilash orqali qilish mumkin", - deyiladi 77 yoshli baronessaning bayonotida.

Lord Devid Noyberger joriy yilning fevralida yoz oylarida lavozimini tark etib, pensiyaga chiqishi haqida ma'lum qildi. Ayni damda sud raisining o‘rinbosari bo‘lib turgan Xeyl xonim yangi lavozimiga rasman 2 oktabr kuni qasamyod qabul qilgach kirashadi. O‘sha kuni uch nafar yangi sudya ham qasamyod qabul qiladi, ulardan biri ayol kishi - Jil Blek. U ham tayinlovdan so‘ng baronessa unvonini oladi.

Mavzuga oid
Top