19:50 / 22.07.2017
5979

Erdo‘g‘an Makron bilan Al-Quds va Qatardagi keskin vaziyatni muhokama qildi

foto: aa.com.tr

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan telefon muloqot o‘tkazdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Turkiya rahbari ma'muriyatining ma'lumotiga ko‘ra, ikki davlat yetakchilari Al-Qudsdagi vaziyatni, jumladan, Al-Aqsa masjidiga tashrif buyuruvchilarga nisbatan Isroil politsiyasi tomonidan kiritilgan cheklov choralarini muhokama etishgan.

Keskinlikning o‘sishi, insonlarning halok bo‘layotgani tufayli tashvish bildirilgan. Suhbatdoshlar Al-Qudsdagi muammoni hal etish va vaziyatni barqarorlashtirishga hissa qo‘shishga tayyorliklarini ma'lum qilishdi.

Tomonlar Suriya va Liviya bo‘yicha fikr almashishdi. Qatar bilan bog‘liq keskinlik mavzusi ham tilga olindi.

Top