16:18 / 22.07.2017
15379

FVV xodimlari “Bo‘rijar” kanalida qutqaruv ishlarini olib borishdi

Foto: FVV

2017 yilning 22 iyul kuni soat 6:38 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchi qismiga Ichki ishlar xodimlari tomonidan Chilonzor tumanidagi “Bo‘rijar” kanalidagi daraxt shoxlariga ilinib qolgan fuqaro yordamga muhtoj ekanligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Mazkur murojaatga ko‘ra, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv otryadi voqea joyiga tezkorlik bilan etib keladi.

Ma'lum bo‘lishicha, “Bo‘rijar” kanalidagi ko‘prikdan 20 metr uzoqlikda, 52 yoshli fuqaro qirg‘oq yonidan piyoda o‘tayotgan vaqtda, ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib ketadi va tahminan 50 metr suzib toliqqanligi bois, daraxt shoxlariga ilinib qoladi. 

Qutqaruvchilar maxsus qutqaruv-asbob anjomlari yordamida fuqaroni qirg‘oq bo‘yiga olib chiqishadi. Fuqaro suvda uzoq qolib ketganligi sababli, toliqqanligi uchun qutqaruvchilar tomonidan zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Shundan so‘ng, jabrlangan fuqaro tez tibbiy yordam xizmatiga topshirildi. 

Hozirda qutqarilgan fuqaro shifoxonaga yotqizilgan, uning salomatligiga ziyon yetmagan.

Mavzuga oid
Top