22:38 / 22.07.2017
7125

Mudofaa vazirligida yong‘inga qarshi o‘quv-tayyorgarlik mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

22 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining markaziy boshqaruvi binosida o‘t o‘chirish navbatchi bo‘linmalarining tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha rejali taktik-maxsus amaliyot o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Kun.uz saytiga ma'lum qildi.

O‘quv mashg‘uloti chog‘ida Mudofaa vazirligi binolarining xonalaridan birida yong‘in yuz berganiga qarshi choralar ko‘rish vazifasi bajarildi. 

Sinov doirasida vazirlikning o‘t o‘chirish jamoasi navbatchi qismining yong‘inni bartaraf etishga shayligi hamda kuchli yong‘in sharoitida jabrlanganlarni ko‘chirish ko‘nikmalari nazoratdan o‘tkazildi.


 Halokat ishoralari bilan Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklarining o‘t o‘chirish bo‘yicha navbatchi qismlari shartli yong‘in yuz bergan joyga belgilangan muddatda yetib kelishgan va qo‘shma sa'y-harakatlar bilan yong‘inni bartaraf etishgan.

Mavzuga oid
Top