09:20 / 22.07.2017
7378

Nobank kredit tashkilotlarining kredit qoldig‘i 163 mlrd so‘mdan oshdi

Nobank kredit tashkilotlarining (NKT) jami kredit qoldig‘i 2017 yilning 1 iyul holatiga 163,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati xabar bermoqda.

NKT kredit qoldig‘i o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foiz o‘sgan.

Ularning aktivlari taqqoslanayotgan davrda 34 foiz ortib, 185,2 mlrd so‘mdan ortdi.

Nobank kredit tashkilotlarining jami kapitali 2016 yilning 1 iyul holatiga nisbatan 32 foiz o‘sib, qariyb 137,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Hozirgi paytda respublika mintaqalarida 76 ta mikrokredit tashkiloti va lombard faoliyat ko‘rsatmoqda.

Top