09:31 / 22.07.2017
7462

Sara Sanders Oq uy matbuot kotibligiga tayinlandi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy ma'muriyatining iste'foga chiqqan matbuot xizmati rahbari Shon Spayser o‘rniga uning sobiq o‘rinbosari Sara Sandersni tayinladi. Sanders Trampning matbuot kotibi lavozimini ham egallaydi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Oq uy bayonotiga tayangan holda. 

"Prezident Donald Tramp Sara Sandersni Oq uy matbuot kotibi lavozimiga ko‘tarmoqda. U prezidentning asosiy matbuot kotibi va Oq uy matbuot xizmati rahbari vazifalarini mujassamlashtiradi", — deyiladi bayonotda. 

Tramp 21 iyul kuni Shon Spayser iste'fosini qabul qilgan edi. Spayserning lavozimidan iste'fo berishiga prezidentning Oq uy kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori lavozimiga Entoni Skaramuchchini tayinlagani sabab bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Top