17:00 / 22.07.2017
13513

Toshkent viloyatida bezorilik qilgan ayollar ushlandi

Xalqimizda azaldan oilada o‘g‘il bola dunyoga kelsa, avlod davomchisi deya xursand bo‘lib, uni yosh nihol kabi parvarishlaydi, unga oqu-qorani tanib, hayotda o‘z o‘rnini topishiga harakat qiladi. Qiz bolani esa nazokat va go‘zallik timsoli sifatida tarbiyalashadi. Aynan shu tarbiya jarayonida biror xatolikka yo‘l qo‘yilsa yoki yosh novdaga noto‘g‘ri ishlov berilsa, u albatta salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradi.

Aslida har bir huquqbuzarliklarning, sodir etilayotgan jinoyatlarning tub mohiyatida bekorchilik, ko‘cha-ko‘yda bemaqsad-bemazmun sandiroqlab yurishlar sabab bo‘ladi. Quyidagi holatlar ham aynan shuning oqibatida yuzaga kelgan.

Toshkent viloyati IIBning xabar qilishicha, Yangiyo‘l tumanida joriy yilning 10 iyul kuni soat 15:30 da O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan E.N. Angren shahrida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan M.S. va Yuqorichirchiq tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan M.J.lar Yangiyo‘l shahar hududida joylashgan «Fartuna» kafesi oldida jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan, o‘zaro janjallashib, oldidan tanishi bo‘lgan Surxandaryo viloyatida yashovchi1985 yilda tug‘ilgan Sh.P.ni xaqoratlab, urib unga tan jarohati yetkazgan.

Shuningdek, Bo‘ka tumanida joriy yilning 13 iyun kuni soat 22.00 larda 1994 yilda tug‘ilgan I.S. uyi oldida jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan, o‘zaro janjallashib, tanishi 1990 yilda tug‘ilgan B.X.ni xaqoratlab, urib unga tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top