23:57 / 22.07.2017
9521

UYeFA «PSJ»ni moliyaviy feyr-pley qoidalari buzilishidan ogohlantirdi

UYeFA Fransiyaning «PSJ» jamoasini «Barselona» klubi hujumchisi Neymarning transferi amalga oshgudek bo‘lsa, moliyaviy feyr-pley qoidasi buzlishi ehtimolidan ogohlantirdi,deb xabar qilmoqda RMC.

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Neymar «PSJ»ga o‘tishga tayyor va parijliklar bilan shaxsiy shartnoma bandlari bo‘yicha kelishuvga ham erishgan. Forvard yiliga 30 mln yevro maosh bilan 4 yillik bitimni imzolashi kutilayapti. Bundan tashqari, klubga o‘tgani uchun katta miqdorda mukofot puli ham oladi. 

Agarda bitim shu shartlar asosida imzolansa, «PSJ» moliyaviy feyr-pley qoidasini buzishi ehtimol. Bu esa, UYeFA tomonidan surishtiruv ishlari boshlanishiga va sanksiyalar qo‘llanilishiga olib kelishi mumkin.

Mavzuga oid
Top