13:57 / 22.07.2017
6563

Yunusobodda uyida nasha ekib, yetishtirayotgan shaxs ushlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yilning 20 iyul kuni taxminan soat 15:00larda ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida Yunusobod tumani hududida, fuqaro Sulton Usmonbekov uyida qonunga xilof ravishda, 29 tup umumiy vazni 7 kilogramm 535 gramm bo‘lgan «nasha» giyohvandlik vositasini ekib, yetishtirayotganligi, shuningdek 68,10 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (ta'qiqlangan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish va yetishtirish) va JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Mavzuga oid
Top