16:00 / 23.07.2017
16143

«Biz u qolishini istaymiz»

«Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Ernesto Valverde Xalqaro chempionlar kubogi doirasida «Yuventus»ga qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz bir maqsad yo‘lida mushtarak bo‘ldik. «Barselona» raqib kuchli bo‘lishiga qaramasdan, o‘yin davomida to‘pni nazorat qildi. O‘yin davomida o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonch ortib bordi. Men «Yuventus» ustidan qozonilgan g‘alabada ko‘p ijobiy jihatlarni ko‘rdim», —  deya Valverdening so‘zlarini keltirgan Goal.

U kataloniyaliklar jamoasida Neymarning o‘rni juda muhim ekanini qayd etib o‘tgan.

«Barselona»ni Neymarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. U biz bilan qolishini xohlaymiz, uning o‘rni jamoamizda juda muhim. Bu ko‘rinib turibdi», —  deya qo‘shimcha qilgan mutaxassis.

Neymarning dubli evaziga «Barselona» «Yuventus»dan ustun keldi va ma'lum ma'noda o‘tgan mavsumda YeChLdagi mag‘lubiyat uchun qasos oldi.

Bundan avvalroq Amerikadagi ESPN nashri Neymar «Pari Sen-Jyermen» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Top